date

Barselona rahbariyati Holand transferi mumkinligini tasdiqladi

Barselona rahbariyati Holand transferi mumkinligini tasdiqladi

"Barselona" direktorlar kengashi a'zosi Joan Soler klub yirik transferlar bozorida yana faol bo'lishga tayyorligini bildirdi. Uning ta'kidlashicha, kataloniyaliklar moliyaviy imkoniyatlari hisobiga eng katta yulduzlar uchun kurash olib borishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Cadena Ser efirida Soler "Ha, biz Holand yoki Alvares kabi futbolchilarni ham tarkibga qo'sha olamiz. Bunday xaridlar besh yil ichida o'zini oqlaydi. Klubning moliyaviy holati bunga yetadi", deya fikr bildirdi.

Endi asosiy savol — "Barselona" kelasi yozdayoq top hujumchilardan birini olib kelish uchun aniq qadam tashlaydimi-yo'qmi. Holand esa hozirning o'zida dunyoning eng kuchli futbolchilari qatorida, Transfermarkt portali norvegiyalik yulduzni 200 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona rahbariyati Holand transferi mumkinligini tasdiqladi