Messi Ispaniya terma jamoasida ham o'ynashi mumkin edi

Lionel Messi milliy jamoa darajasida faqat Argentina emas, balki Ispaniya terma jamoasi safida ham maydonga tushish imkoniyati bo'lganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Hujumchining so'zlariga ko'ra, u "Barselona"da o'ynay boshlagan davrda bu variant jiddiy muhokama qilingan va unga shunday yo'l tanlash mumkinligi ham ishora qilingan. Messi yoshligida Barselonaga ko'chib o'tgani va tayyorgarlikning katta qismini klub akademiyasida o'tkazgani bois, Ispaniya uchun o'ynash imkoniyati real bo'lganini ta'kidladi.
Shunga qaramay, futbolchi tanlovini o'zgartirmagan: uning qalbi doim Argentina bilan bo'lganini Miro De Atras dasturida qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, Messi 2022 yilda Argentina terma jamoasi bilan jahon chempionligini qo'lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!