Ronaldu 5:0 hisobidagi g'alabadan so'ng ikki so'z yozdi

Saudiya Pro-ligasida “Al-Nasr” navbatdagi yirik g'alabani qo'lga kiritib, “Al-Namdja”ni 5:0 hisobida tor-mor etdi va turnir jadvalida peshqadamlikka ko'tarildi. Uchrashuvdagi hisobni 7-daqiqadayoq Krishtianu Ronaldu penaltini aniq ijro etib ochdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O'yin yakunlanganidan ko'p o'tmay 41 yoshli hujumchi ijtimoiy tarmoqlarda suratlar jamlanmasini ulashib, qisqa izoh qoldirdi. Portugaliyalik futbolchi “Shunday davom eting!” deya yozdi.
Ronaldu faoliyati davomida urgan gollari sonini 965 taga yetkazdi. 1000 gol marrasi tobora yaqinlashmoqda.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yili Ronaldu “Al-Nasr” bilan shartnomasini uzaytirgan — kelishuv 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing