date

Barselona Holandni ham olib kelishi mumkinligini bildirdi

Barselona Holandni ham olib kelishi mumkinligini bildirdi

«Barselona» direktorlar kengashi a'zosi Joan Soler klub yirik transferlar qilishga tayyor ekanini aytdi. Uning ta'kidlashicha, kataloniyaliklar eng katta yulduzlar uchun kurash olib borish imkoniyatiga ega. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Ha, biz Holand yoki Alvares kabi futbolchilarni ham imzolashimiz mumkin. Bunday xaridlar besh yil ichida o'zini oqlaydi. Klubning moliyaviy holati bunga yo'l beradi», — dedi Soler Cadena Ser efirida.

Endi asosiy savol — «Barselona» yozgi transfer oynasidayoq top-hujumchilardan birini olish uchun amaliy qadam tashlaydimi yoki yo'q. Holand esa hozir dunyoning eng kuchli futbolchilari qatorida, Transfermarkt portali norvegiyalik forvardni 200 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona Holandni ham olib kelishi mumkinligini bildirdi