date

Potter tanqid Dyokereshni yanada kuchaytirganini aytdi

Potter tanqid Dyokereshni yanada kuchaytirganini aytdi

Shvetsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Grem Potter Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Viktor Dyokeresh manziliga bildirilgan tanqidlar futbolchining o'ziga ijobiy ta'sir qilganini ta'kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Kanonirlar» Dyokereshni o'tgan yozda Lissabondagi «Sporting»dan transfer qilgandi. Shved forvardi mavsum davomida unchalik yuqori natijadorlik ko'rsatmayotgani uchun ko'p bor tanqidga uchradi, jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta esa ayrim uchrashuvlarda unga nisbatan boshqa futbolchilarni afzal ko'rdi.

Potterning fikricha, bosim va tanqid Dyokeresh xarakterining mustahkamligini yanada yaqqol ko'rsatdi. Mutaxassis futbolchining darajasiga shubha qilmasligini bildirib, u «Arsenal»ning to'rtta turnirdagi natijalariga o'z hissasini qo'shganini qayd etdi. Shuningdek, Potter har bir futbolchi vaqti-vaqti bilan tanqidga duch kelishi ishning bir qismi ekanini eslatdi.

Joriy mavsumda Viktor Dyokeresh «Arsenal» safida 36 o'yinda 15 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Potter tanqid Dyokereshni yanada kuchaytirganini aytdi