date

Potter tanqid Dyo'kereshni yanada kuchaytirdi deb hisoblaydi

Potter tanqid Dyo'kereshni yanada kuchaytirdi deb hisoblaydi

Shvetsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Grem Potter Londonning “Arsenal” klubi hujumchisi Viktor Dyo'keresh manziliga aytilgan tanqidlar futbolchining o'ziga ijobiy ta’sir qilganini ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Kanonirlar” shved forvardini o'tgan yozda Lissabondagi “Sporting”dan transfer qilgandi. Dyo'keresh mavsum davomida unchalik yuqori natijadorlik ko'rsatmayotgani uchun tez-tez tanqidga uchradi, bosh murabbiy Mikel Arteta esa ayrim uchrashuvlarda uning o'rniga boshqa futbolchilarni tanladi.

Potterning fikricha, bu bosim Dyo'kereshning xarakteri qanchalik kuchli ekanini ko'rsatdi. Murabbiy hujumchining saviyasiga shubha qilmasligini aytib, uni yuqori darajadagi futbolchi va yaxshi inson sifatida ta’rifladi. Shuningdek, u Dyo'keresh “Arsenal”ning to'rtta turnirdagi umumiy muvaffaqiyatlariga o'z hissasini qo'shganini qo'shimcha qildi. Potter futbolchi uchun tanqid — kasbning ajralmas qismi ekanini ham eslatdi.

Joriy mavsumda Viktor Dyo'keresh “Arsenal” safida 36 ta o'yinda 15 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Potter tanqid Dyo'kereshni yanada kuchaytirdi deb hisoblaydi