date

Ronalduning goli va 5:0 gʻalabadan keyingi ikki soʻzi

Ronalduning goli va 5:0 gʻalabadan keyingi ikki soʻzi

Saudiya Arabistoni Pro-ligasida «Al-Nasr» navbatdagi turda «Al-Namdja»ni 5:0 hisobida yirik magʻlub etib, turnir jadvalida yetakchilikka chiqib oldi. Uchrashuvda hisobni Krishtianu Ronaldu ochdi: portugaliyalik hujumchi 7-daqiqada penaltini aniq ijro etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Oʻyin tugaganidan koʻp oʻtmay 41 yoshli Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi. U fotosuratlar jamlanmasini joylab, unga qisqa izoh yozdi.

«Shunday davom eting!» — deb yozdi Ronaldu.

Shu tariqa Krishtianu Ronalduning faoliyati davomida urgan gollari soni 965 taga yetdi. 1000 gol marrasi tobora yaqinlashmoqda.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili Ronaldu «Al-Nasr» bilan shartnomasini uzaytirgandi — kelishuv 2027 yilning oʻrtalarigacha moʻljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronalduning goli va 5:0 gʻalabadan keyingi ikki soʻzi