date

Tesla sun'iy intellekt kompaniyasini 2 mlrd dollarga sotib oldi

Tesla sun'iy intellekt kompaniyasini 2 mlrd dollarga sotib oldi

"Tesla" kompaniyasi 2026 yilning birinchi choragi yakunlari bo'yicha hisobotida sun'iy intellekt uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi noma'lum kompaniyani sotib olganini ma'lum qildi. Kelishuv qiymati 2 mlrd dollarni tashkil etadi va bu mablag' aksiyalar ko'rinishida to'lanadi. Qizig'i shundaki, kompaniya rahbariyati ushbu yirik bitim haqida aksiyadorlar bilan uchrashuvda yoki choraklik hisobot taqdimotida og'iz ochmagan. Bu haqda Electrek.co xabar beradi.

Moliyaviy hujjatlarga ko'ra, 2 mlrd dollarning faqat 200 mln dollari kafolatlangan to'lov hisoblanadi. Qolgan 1,8 mlrd dollar esa sotib olingan kompaniya texnologiyalarining muvaffaqiyatli joriy etilishi va muhandislar jamoasining ish faoliyatiga qarab bosqichma-bosqich to'lab boriladi. Mutaxassislarning fikricha, bunday tuzilma "Tesla" hali o'zini to'liq oqlamagan, ammo istiqbolli texnologiyaga sarmoya kiritayotganidan dalolat beradi.

Hozircha sotib olingan kompaniyaning nomi va faoliyat yo'nalishi ochiqlanmagan. Ushbu xarid "Tesla"ning sun'iy intellekt sohasidagi xarajatlari keskin oshgan davrga to'g'ri keldi. Kompaniya 2026 yilda ushbu yo'nalishdagi loyihalar, jumladan "AI5" chipi va "Terafab" yarim o'tkazgichlar zavodi qurilishi uchun 25 mlrd dollardan ortiq mablag' sarflashni rejalashtirgan.

Ekspertlar "Tesla"ning asosiy avtomobil biznesidan tushayotgan foyda kamaygan bir paytda, sun'iy intellektga bunday katta mablag' yo'naltirayotganini xavfli deb hisoblamoqda. Kompaniyaning sof foydasi 477 mln dollarni tashkil etgan bo'lsa-da, faqat bir chorakning o'zida sun'iy intellekt bilan bog'liq investitsiyalar miqdori 4 mlrd dollarga yetgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Tesla sun'iy intellekt kompaniyasini 2 mlrd dollarga sotib oldi