Anvar Sobirov Nargiza Abdullayeva bilan rol ijro etgan eng ogʻir sahna haqida gapirdi

Xonanda va aktyor Anvar Sobirov intervyulardan birida “Begona bahor” filmidagi eng qiyin sahna haqida soʻzlab berdi.
Uning aytishicha, filmda Nargiza Abdullayevani sudrab chiqish sahnasi uning uchun eng ogʻir va masʼuliyatli boʻlgan.
Sobirov bu sahnani ilk dubldayoq toʻgʻri bajarishga harakat qilganini, ammo aktrisaga boʻlgan hurmati uni toʻliq harakat qilishga toʻsqinlik qilganini taʼkidladi.
Rejissyorlar esa uning ijrosini qattiqroq va taʼsirliroq qilish kerakligini aytgan.

Shundan soʻng Anvar Sobirov aktrisadan uzr soʻrab, rol talabiga muvofiq harakat qilishga qaror qilgan.
Nargiza Abdullayeva ham uni qoʻllab-quvvatlab, sahnani toʻliq ijro etishga rozilik bildirgan.
Natijada, suratga olish jarayonida aktrisaning oyoqlari shilinib, jarohatlangan boʻlsa-da, sahna muvaffaqiyatli yakunlangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!