Gonduras Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinidan bosh tortdi

Rossiya terma jamoasining bahorgi yig‘iniga bir oydan ham kam vaqt qolgani bilan Rossiya futbol ittifoqi (RFI) hanuzgacha o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun raqiblar ro‘yxatini rasman e’lon qilgani yo‘q. Shunga qaramay, dastlabki raqib Mali bo‘lishi deyarli aniq: afrikaliklar avvalroq kelishuv borligini tasdiqlagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Sport24 xabariga ko‘ra, RFI Gonduras terma jamoasiga ham taklif bilan chiqqan. Biroq Gonduras futbol federatsiyasi mart oyining so‘nggi kunida Sankt-Peterburgda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan o‘rtoqlik o‘yiniga rad javobini bergan.
Manbaga ko‘ra, gondurasliklarning bunday qarori jamoa mart oyidagi xalqaro oynaga allaqachon o‘z rejalari borligi bilan izohlanadi.
Hozirda Gonduras terma jamoasi FIFA reytingida 65-o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!