Goal reytingida Chempionlar ligasi favoriti Arsenal bo'lib qoldi

Goal portali jurnalistlari Chempionlar ligasi pley-off bosqichi yakunlaridan so'ng musobaqa favoritlari reytingini yangiladi. Ro'yxat cho'qqisida hanuz Londonning “Arsenal” klubi turibdi, garchi “to'pchilar” tarixida hozircha bu sovrin yutilmagan bo'lsa ham. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Arsenal” turnirdagi eng yaqin muvaffaqiyatiga 2006 yilda erishgan: jamoa finalgacha yetib borgan, biroq hal qiluvchi o'yinda “Barselona”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan.
Yangilangan reytingda ikkinchi pog'onani “Bavariya” egallagan. Kuchli uchlikka esa “Manchester Siti” ko'tarilgan.
Keyingi o'rinlar quyidagicha taqsimlangan: “Liverpul”, PSJ, “Barselona”, “Real”, “Chelsi”, “Atletiko”, “Sporting”, “Nyukasl”, “Atalanta”, “Bude-Glimt”, “Tottenhem”, “Galatasaroy”, “Bayer”.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum Chempionlar ligasi kubogi PSJga nasib etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!