Argentina chempionati federatsiyadagi soliq mojarosi sabab to'xtaydi

Argentina chempionati bir haftalik tanaffus oladi: 9-tur uchrashuvlari keyinroq o‘tkaziladi. Bunga mamlakat futbol federatsiyasi atrofida yuzaga kelgan navbatdagi korrupsiya mojarosi sabab bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qizig‘i shundaki, 7 va 8-tur bahslari belgilangan tartibda o‘ynaladi, tanaffus esa aynan 9-tur taqvimiga to‘g‘ri keladi. Rejaga ko‘ra, 9-tur o‘yinlari 5–8 mart kunlari bo‘lib o‘tishi kerak edi. Manbaga ko‘ra, 5 mart kuni AFA prezidenti Klaudio Tapia tribunal oldida javob berishi kutilayotgani sababli shunday qaror qabul qilingan.
derbyderbyderby.it xabariga ko‘ra, sobiq futbolchilar va xodimlarning pensiya to‘lovlari bilan bog‘liq sxema orqali 19 milliard peso miqdoridagi soliqlardan qochilgan bo‘lishi mumkin. Yevroda hisoblanganda ham bu summa salmoqli — qariyb 12 million. Shuningdek, federatsiya tuzilmasi pul yuvish jarayonlariga aloqador bo‘lishi ehtimoli ham tekshirilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!