Messi Ispaniya terma jamoasida ham o'ynashi mumkin edi

Lionel Messi milliy darajada faqat Argentina emas, balki Ispaniya terma jamoasini ham tanlashi mumkin bo'lganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Hujumchining so'zlariga ko'ra, u «Barselona»da to'p sura boshlagan davrda bu variant bir paytlar jiddiy muhokama qilingan. Messiga bunday yo'l ko'p futbolchilarda uchrashi aytilib, Ispaniya terma jamoasi haqida takliflar ham bo'lgan.
«Men argentinalik edim, lekin juda erta Barselonaga ko'chib o'tdim va tayyorgarlikning katta qismini ularning akademiyasida o'tkazdim. Shuning uchun bunday imkoniyat rostdan ham bor edi. Ammo yuragim doimo Argentina bilan edi», — dedi Messi Miro De Atras dasturida.
Eslatib o'tamiz, Messi 2022 yilda Argentina terma jamoasi safida jahon chempionligini qo'lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!