Aleksey Berezutskiy Golovin RPLga qaytmaydi deb hisoblaydi

Rossiya terma jamoasi va Moskvaning CSKA klubida to‘p surgan sobiq himoyachi Aleksey Berezutskiy «Monako» yarim himoyachisi Aleksandr Golovin Rossiya Premyer-ligasiga qaytishni istamayotganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Berezutskiy fikricha, Golovinning Yevropadagi faoliyatidan keyin CSKA safiga qaytishi chiroyli voqea bo‘lardi, biroq futbolchining o‘zi bunga ko‘nmasligi ehtimoli yuqori. Uning so‘zlarini Legalbet keltirdi.
Golovin 2018 yil yozidan beri «Monako»da o‘ynab kelmoqda. Rossiyalik futbolchining fransuz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda Liga 1 doirasida Aleksandr 16 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli pas muallifi bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing