date

Syomin PSJ Chempionlar Ligasini yana yutishi mumkinligini aytdi

Syomin PSJ Chempionlar Ligasini yana yutishi mumkinligini aytdi

Tajribali murabbiy Yuriy Syomin PSJning hozirgi holati haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Luis Enrike boshqaruvidagi jamoa Chempionlar Ligasida ketma-ket ikkinchi bor g‘olib chiqish salohiyatiga ega. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Eslatib o‘tamiz, PSJ o‘tgan mavsumda Chempionlar Ligasini klub tarixida ilk bor qo‘lga kiritgandi. Final bahsida parijliklar «Inter»ni 5:0 hisobida yirik mag‘lub etgan.

Syominning aytishicha, PSJda titulni yana himoya qilish uchun real imkoniyatlar bor. U fransuz chempionatida tarkibda ko‘p rotatsiya bo‘lgani, jamoa esa kuchini asosan Chempionlar Ligasi uchun tejagandek ko‘ringanini qayd etdi.

Pley-offga chiqish uchun o‘tish bosqichida PSJ «Monako»ni osonlikcha yenga olmadi: safarda 3:2 hisobida g‘alaba qozondi, uyda esa 2:2 durang qayd etildi. 1/8 finalda esa parijliklarni yanada jiddiy raqib kutmoqda — «Barselona» yoki «Chelsi».

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Syomin PSJ Chempionlar Ligasini yana yutishi mumkinligini aytdi