Diego Kosta Simeonening kuchli va ojiz tomonlarini aytdi

Madridning «Atletiko» klubida o‘ynagan Diego Kosta jamoa bosh murabbiyi Diego Simeonening xarakteri va ish uslubi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Hujumchi «matraschilar» safida 2007–2014 yillarda to‘p surgan, keyin «Chelsi»ga transfer qilingan. 2018 yilda u yana Madridga qaytib, klubda yana uch mavsum o‘ynadi.
Kostaning aytishicha, Simeonening eng kuchli tomoni — motivatsiya bera olishi: u futbolchilarga o‘ziga ishonishni singdiradi. Eng noxush jihat sifatida esa murabbiyning masofadorligini tilga oldi — Kosta fikricha, Simeone ayrim o‘yinchilar, ayniqsa o‘zi muhim deb bilmaganlar bilan sovuqqon bo‘lgan. Shunga qaramay, u «Cholo» hozir o‘zgarganini, jamoaga yaqinroq va hissiyotliroq bo‘lib qolganini ta’kidladi.
Diego Simeone 2011 yil oxiridan beri «Atletiko» boshqaruvida ishlab kelmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!