Diego Kosta Pike va Puyol bilan toqnashuvlarni esladi

Madridning "Atletiko" klubida to‘p surgan Diego Kosta "Barselona"ga qarshi uchrashuvlarda himoyachilar Herard Pike va Karles Puyol bilan bo‘lgan qarama-qarshiliklarni yodga oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Hujumchi Diego Simeone jamoasida 2010-yillarning birinchi yarmida yorqin o‘yin ko‘rsatib, keyinchalik "Chelsi" safiga o‘tgan.
Kostaning aytishicha, "Barselona" bilan bahslarda Pike va Puyol unga qattiq o‘ynashgan, biroq vaziyatdan so‘ng uzr so‘rashgan. "Men ulardan uzr so‘ramaslikni, aksincha meni haqorat qilib, yanada g‘azablantirishlarini so‘raganman", — deya futbolchining so‘zlarini keltiradi Barca Universal.
Uning ta’kidlashicha, "Barsa"ga qarshi o‘yinlarda "Atletiko" ko‘proq himoyada qolgan, to‘p nazorati esa deyarli raqib tomonida bo‘lgan.
37 yoshli, braziliyalik ildizlarga ega ispaniyalik hujumchi 2025 yil boshidan beri klubsiz. Kosta "Atletiko" safida jami 217 uchrashuv o‘tkazib, 83 gol muallifi bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!