Galatasarayda maoshlar to'lanmayapti, klub ichida taranglik

Kon'yaspor ga qarshi kutilmagan mag'lubiyatdan so'ng «Galatasaray» atrofida ichki muammolar borligi haqidagi xabarlar kuchaydi. TR24 portali ma'lumotiga ko'ra, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, bu holat ketma-ket uch oydan beri davom etmoqda. Klub rahbariyati esa vaziyat yuzasidan rasmiy izoh bermayapti, bu esa OAV va muxlislar orasidagi qiziqishni yanada oshirmoqda.
Mahalliy jurnalist Halik Yurekli so'nggi voqealar fonida «Galatasaray»ning chempionlik imkoniyatlari jiddiy savol ostida qolayotganini ta'kidladi.
Shunga qaramay, jamoa chempionatda 55 ochko bilan peshqadam. Biroq 52 ochkoga ega va bitta o'yini zaxirada qolgan «Fenerbahche» uni quvib yetishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing