Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi haqida esladi

Argentina hujumchisi Lionel Messi vatandoshi, futbol afsonasi Diyego Armando Maradona bilan ilk bor qanday tanishgani haqida gapirib berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Messining aytishicha, ularning birinchi uchrashuvi televideniyeda bo‘lib o‘tgan: Maradonaning o‘zi tashabbus ko‘rsatib, uni «La noche del 10» dasturiga taklif qilgan.
«Taklifni oldim va, albatta, rad eta olmadim — bordim. U yerda otam, amakim va amakivachchalarim ham bor edi. Ularning barchasi ham Maradona bilan tanishdi. Bu unutilmas lahza bo‘lgan», — dedi Messi. Iqtibos derbyderbyderby.it nashrida keltirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Maradona 2020 yil noyabr oyida vafot etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing