date

Ronaldu 5:0 g'alabadan so'ng ikki so'z bilan chiqdi

Ronaldu 5:0 g'alabadan so'ng ikki so'z bilan chiqdi

Saudiya Arabistoni Pro-ligasida "Al-Nasr" "Al-Namdja"ni 5:0 hisobida yirik mag'lub etib, turnir jadvalida peshqadamlikni qo'lga oldi. Uchrashuvdagi hisobni Krishtianu Ronaldu ochdi — u 7-daqiqada penaltini aniq ijro etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O'yin yakunlanganidan ko'p o'tmay 41 yoshli hujumchi ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi. Portugaliyalik bir nechta suratlarni joylab, ularga qisqa izoh yozdi.

"Shunday davom eting!" — deb yozdi Ronaldu.

Shu tariqa Ronaldu faoliyatidagi gollari sonini 965 taga yetkazdi. 1000 gol marrasi tobora yaqinlashmoqda.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yili Ronaldu "Al-Nasr" bilan shartnomasini uzaytirgandi — kelishuv 2027 yil o'rtalarigacha amal qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu 5:0 g'alabadan so'ng ikki so'z bilan chiqdi