Djikiya maydonga tushmaganiga jarohati sabab bo'lgan

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Djikiyaning Turkiyadagi vakili Malik Arutyunov rossiyalik futbolchining so'nggi paytlarda kam o'ynaganiga izoh berdi. Agentning aytishicha, bunga sabab — jarohat. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Arutyunov Djikiya shikastdan to'liq tiklanganini va jamoaga kelgan yangi bosh murabbiy ham unga ishonch bildirayotganini ta'kidladi.
«O'ylaymanki, Djikiya “Fenerbahche”ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushadi. Klubda allaqachon uchinchi murabbiy, har birining o'z qarashi bor. U o'ynamagani jarohat bilan bog'liq», — dedi Arutyunov. Uning so'zlarini «Chempionat» keltirdi.
2025/2026 yilgi mavsumda Djikiya Turkiya chempionati va Kubogida jami 13 ta uchrashuvda qatnashib, 2 ta gol urgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing