RFS Rossiya o'yinlari nega Krasnodar va Peterburgda o'tishini aytdi

Rossiya futbol ittifoqi (RFS) bosh kotibi Maksim Mitrofanov terma jamoa nega Nikaragua bilan Krasnodarda, Mali bilan esa Sankt-Peterburgda o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazishini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uning so'zlariga ko'ra, qaror qabul qilinayotganda bir nechta omillar, jumladan iqlim sharoiti ham inobatga olingan. Maqsad — jamoa tayyorgarligi va uchrashuvlarni imkon qadar qulay muhitda o'tkazish, shuningdek, muxlislarga haqiqiy futbol bayramini taqdim etish.
Rossiya — Nikaragua uchrashuvi 27 mart kuni Krasnodarda bo'lib o'tadi, Mali bilan bahs esa 31 mart kuni Sankt-Peterburgda o'tkaziladi. Har ikki raqib ham 2026 yil Shimoliy Amerikada o'tadigan futbol bo'yicha jahon chempionatiga chiqa olmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing