Dushan Vlahovich uchun asosiy yoʻnalish Barselonaga ko‘chish

Hujumchi Dushan Vlahovichning kelajagi borasida hozircha keskin burilish yo‘q. Transfer News Live TEAMtalk manbasiga tayanib yozishicha, 26 yoshli serb futbolchining eng katta istagi — «Barselona»ga o‘tish. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qayd etilishicha, Vlahovichning «Yuventus» bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralari bir necha bor boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. Shunga qaramay, futbolchi va uning agenti klub bilan ijobiy munosabatni saqlab turibdi.
Manbaga ko‘ra, «Barselona» Vlahovichni yaqin yozda erkin agent sifatida tarkibiga qo‘shib olishi mumkin.
Vlahovich «Yuventus» safida jami 162 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 64 ta gol va 16 ta golli pas muallifi bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing