date

Nantdagi musulmon futbolchilar Ramazon atrofida bahs uyg'otdi

Nantdagi musulmon futbolchilar Ramazon atrofida bahs uyg'otdi

Fransiya chempionatida Afrika davlatlaridan kelgan musulmon futbolchilar ko'p va ayni paytda ular uchun Ramazon oyi davom etmoqda. Bu davrda kunduz kuni ovqatlanish hamda suv ichish taqiqlangani ma'lum. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Biroq «Nant»ning so'nggi uchrashuvida hamma futbolchilar ham ro'za qoidalariga bir xil darajada amal qilmayotgani ko'rindi. O'yin vaqtida jamoa darvozaboni Antoni Lopes jarohat olib, unga tibbiy yordam ko'rsatilayotgan paytda e'tiborga molik holat yuz berdi.

Pauza chog'ida bir nechta «Nant» futbolchisi, jumladan liviyalik Ali Yussef, misrlik Mustafa Mohammed va marokashlik Yussef El-Arabi maydon chetiga borib, hech narsa bo'lmagandek tamaddi qilib, suv ichib oldi.

Telekameralar bu epizodni alohida yoritdi va natijada arab mamlakatlarida ushbu vaziyat bo'yicha muayyan bahs-munozaralar boshlandi.

Qayd etilishicha, fransuz ligasi rahbariyati Ramazon munosabati bilan rasmiy tanaffuslar joriy etmaydi va buni reglamentda ham ko'zda tutmagan. Bu borada APL hamda Bundesligada esa amaliyot boshqacharoq.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Nantdagi musulmon futbolchilar Ramazon atrofida bahs uyg'otdi