Nant futbolchilari Ramazon qoidalariga amal qilmagani bahsga sabab bo'ldi

Fransiya futbolida Afrika mamlakatlaridan kelgan musulmon legionerlar ko'p, ular uchun hozir Ramazon — kunduz kuni ovqatlanish va suv ichish taqiqlanadigan muqaddas oy hisoblanadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ammo «Nant»ning so'nggi uchrashuvida hamma futbolchi bu talablarni birdek qat'iy tutmasligi ko'rinib qoldi. O'yin davomida darvozabon Antoni Lopes jarohat olib, unga tibbiy yordam ko'rsatilayotgan paytda e'tiborli holat yuz berdi.
Shu payt jamoaning bir necha futbolchisi — liviyalik Ali Yussef, misrlik Mustafo Muhammad va marokashlik Yussef El-Arabiy — yon chiziq tomon borib, hech narsa bo'lmagandek yengil tamaddi qilib, suv ichib oldi.
Telekameralar ushbu epizodni alohida ko'rsatdi va natijada arab mamlakatlarida bu voqea ortidan muayyan bahs-munozaralar avj oldi.
Ta'kidlash joiz, Fransiya ligasi rahbariyati Ramazon munosabati bilan rasmiy tanaffuslar joriy etmaydi. Bu borada APL va Bundesliga ayrim holatlarda pauza amaliyotini qo'llashi bilan farq qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!