date

Andronov Borussiya va Bavariya bahsida g'olibni aytdi

Andronov Borussiya va Bavariya bahsida g'olibni aytdi

Bundesliga doirasidagi navbatdagi uy uchrashuvida Dortmundning «Borussiya» jamoasi Myunxenning «Bavariya» klubini qabul qiladi. Ushbu to'qnashuv oldidan futbol sharhlovchisi Aleksey Andronov o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Andronovning ta'kidlashicha, o'yinda favorit — «Bavariya». Uning aytishicha, dortmundliklar avvalo ichki muammolarini tartibga solishi kerak, ustiga-ustak Ryersonning uchrashuvni o'tkazib yuborishi ham jamoaga ta'sir qilishi mumkin. Sharhlovchi bu bahsda «Bavariya» g'alabasiga pul tikayotganini aytdi.

«Borussiya» — «Bavariya» uchrashuvi bugun, 28 fevral kuni Dortmunddagi stadionda bo'lib o'tadi. Start 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) rejalashtirilgan. O'yin arafasida mezbonlar turnir jadvalida ikkinchi o'rinda, mehmonlar esa peshqadam bo'lib turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Andronov Borussiya va Bavariya bahsida g'olibni aytdi