Surxondaryoda sel oqimi neftni daryoga oqizib ketdi

1 daqiqa o'qish524
Surxondaryoda sel oqimi neftni daryoga oqizib ketdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan sel vaqtinchalik dambalarni yuvib ketib, neft mahsulotlarining daryoga oqishiga sabab bo‘ldi.
  • "Eriell" kompaniyasi tomonidan neft saqlash uchun qurilgan hovuzlardan sizib chiqqan xomashyo avval mahalliy soylarga, so‘ngra Surxondaryo daryosiga quyilgan.
  • Mutaxassislar tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida dambalar qayta tiklanib, neft oqishi to‘liq bartaraf etildi.
  • Hozirda hududda sel-toshqin xavfi yuqori bo‘lgan joylarda nazorat kuchaytirilgan bo‘lib, kelgusida bunday ekologik holatlarning oldini olish choralari ko‘rilmoqda.

Surxondaryo viloyatida yuz bergan tabiiy hodisa ekologik jihatdan jiddiy muhokamalarga sabab boʻldi. Kuchli yogʻingarchilik ortidan yuzaga kelgan sel oqimlari neft mahsulotlarini daryo oʻzaniga olib tushgani haqida rasmiy maʼlumot berildi.

Suv xoʻjaligi vazirligi matbuot kotibi Shuhrat Suyunov maʼlum qilishicha, voqea Boysun tumanidagi Kofrun mahallasi hududidan oqib oʻtuvchi Xangaronsoy soyida sodir boʻlgan. Ushbu hududda burgʻilash ishlari jarayonida yer yuzasiga chiqqan neft xomashyosini vaqtinchalik saqlash uchun maxsus hovuzlar barpo etilgan edi.

Maʼlum boʻlishicha, mazkur hovuzlar joriy yilning yanvar-fevral oylarida Eriell kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan. Ular tuproqdan damba koʻtarish orqali qurilgan boʻlib, asosiy maqsad — neft mahsulotlarining soyga oqib ketishining oldini olish edi. Hovuzlarda toʻplangan neft keyinchalik maxsus texnika vositalari yordamida tashib chiqilgan.

Biroq 23 aprel kuni Boysun tumanida kuzatilgan kuchli yogʻingarchilik vaziyatni oʻzgartirib yubordi. Xangaronsoyda suv sathi keskin koʻtarilib, sel oqimi vaqtinchalik dambalardan oshib oʻtdi. Natijada neft aralashgan suv oqimi avval Bandixonsoyga, u yerdan esa Qumqoʻrgʻon tumani orqali Surxondaryo daryosiga quyildi.

Shuningdek, mutaxassislar zudlik bilan holatni nazoratga olishdi. Ayni kunning oʻzida Eriell kompaniyasi tomonidan zararlangan dambalar tiklanib, neftning suvga oqib chiqishi toʻliq bartaraf etilgani taʼkidlanmoqda.

Qayd etilishicha, hozirda Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi hamda hududdagi barcha suv xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan sel-toshqin xavfi yuqori boʻlgan hududlarda nazorat choralari yanada kuchaytirilgan.

Mutaxassislar bu kabi holatlar tabiiy omillar taʼsirida yuzaga kelganini taʼkidlar ekan, kelgusida bunday vaziyatlarning oldini olish uchun qoʻshimcha xavfsizlik choralari koʻrilishi zarurligini bildirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?