Jaloliddin Ahmadaliyev maktabdagi sho‘xliklarini eslab kuldi

Jaloliddin Ahmadaliyev maktabdagi sho‘xliklarini eslab kuldi
Qisqacha

Xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev "Xush kelibsiz" ko‘rsatuvida mehmon bo‘lib, maktab davridagi qiziqarli va unutilmas xotiralari bilan o‘rtoqlashdi. Suhbat davomida u adabiyot va musiqa fanlarini yoqtirgani, ammo mehnat darslarida ko‘proq sho‘xlik qilib, o‘yin bilan band bo‘lganini yodga oldi. San’atkor darsga kechikkan paytlarida o‘qituvchilari uni faqat qo‘shiq aytib berish sharti bilan sinfga kiritishganini kulib so‘zlab berdi. Xonandaning ushbu samimiy va hazilga boy xotiralari muxlislarda iliq taassurot qoldirdi.

Xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev “Xush kelibsiz” loyihasida mehmon bo‘lib, suhbat davomida maktab davridagi unutilmas xotiralari bilan o‘rtoqlashdi. U bolalik yillari, darslarga munosabati va qaysi fanlarni yoqtirgani haqida samimiy gapirib berdi.

San’atkorning aytishicha, u maktabda ayniqsa jismoniy tarbiya, musiqa va mehnat fanlarini yoqtirgan. Biroq mehnat darslari doim ham odatdagidek o‘tmaganini kulib esladi:

“Mehnat fanidan unchalik dars bo‘lmasdi, o‘qituvchimiz 'chiqinglar, ko‘chada yer chopasizlar' derdi. Biz esa bolalik qilib, bir-ikki kurak urardik-da, o‘ynab ketardik. Lekin adabiyotni juda yaxshi ko‘rardim,” — dedi u.

Suhbat davomida unga yana “Maktabda o‘qituvchilaringiz sizni kelajakda xonanda bo‘lasan deb aytishganmi? Sho‘xliklar qilganmisiz?” degan savol ham berildi.

Ahmadaliyev bu savolga samimiy javob qaytardi:

“Ha, juda sho‘x edik. O‘qituvchilarim shu intervyuni ko‘rayotgan bo‘lishsa, o‘zlari bilishadi qanday bolalar bo‘lganimizni. Darsga kechiksam yoki bolalar bilan o‘ynab kelsam, 'qo‘shiq aytsang keyin o‘tirasan' deyishardi. Mahallamizda yashaydigan ustozimiz Oyshaxon opa bor edi, u kishini ham rosa qiynaganmiz” — deb kulib esladi xonanda.

Samimiy va hazilomuz xotiralar tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar