date

Ikardi agentlari Galatasaray bilan kelajagini muhokama qiladi

Ikardi agentlari Galatasaray bilan kelajagini muhokama qiladi

«Galatasaray»ning argentinalik hujumchisi Mauro Ikardining agentlari futbolchining klubdagi istiqboli yuzasidan rahbariyat bilan muloqot boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Insayder Nikolo Skira xabariga ko'ra, futbolchi vakillari bilan Istanbul klubi rahbariyati o'rtasidagi uchrashuv aprel oyida bo'lib o'tadi.

Shu bilan birga, Ikardiga qiziqayotgan jamoalar ham bor — ular 33 yoshli forvardni erkin agent sifatida shartnoma asosida qo'lga kiritishga tayyor.

Ikardining «Galatasaray» bilan amaldagi bitimi 2026 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Uning bozor qiymati 6 million yevroga baholanmoqda.

2025/2026 yilgi mavsumda argentinalik hujumchi 36 uchrashuvda maydonga tushib, 15 gol urdi va 2 assist qayd etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ikardi agentlari Galatasaray bilan kelajagini muhokama qiladi