date

Laporta Barselona bu mavsum La Ligani yutishini aytdi

Laporta Barselona bu mavsum La Ligani yutishini aytdi

Kataloniyaning «Barselona» klubi prezidenti Joan Laporta joriy La Liga mavsumida chempionlik poygasi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub rahbari «Barselona» so‘nggi uchta finalda «Real»ni mag‘lub etganini eslatib, bu mavsum ham barcha taxminlarga qaramay jamoa Ispaniya chempioni bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, «ko‘k-anorranglilar» amaldagi Ispaniya chempioni hisoblanadi.

Hansi-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa turnir jadvalida 61 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda va «Real»dan bir ochkoga oldinda bormoqda. «Barselona» chempionatdagi navbatdagi uchrashuvini o‘z maydonida «Vilyarreal»ga qarshi o‘tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Laporta Barselona bu mavsum La Ligani yutishini aytdi