date

Galyardo ko'z yosh bilan xayrlashdi Riverdan hech kim ketmaydi

Galyardo ko'z yosh bilan xayrlashdi Riverdan hech kim ketmaydi

Marselo Galyardo murabbiy sifatidagi so'nggi uchrashuvini o'tkazdi: uning jamoasi “Banfild”ga qarshi o'yinda 3:1 hisobida g'alaba qozonib, ketma-ket uch mag'lubiyatdan iborat omadsiz seriyaga yakun yasadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Aytilishicha, aynan shu salbiy natijalar ketma-ketligi Galyardoning lavozimini saqlab qolishiga xalaqit bergan, biroq klub unga munosib tarzda xayrlashish imkonini berdi. U esa maydon chetida juda ta'sirli lahzalarni boshdan kechirdi.

O'yindan keyin ko'z yoshlarini yashirmagan Galyardo muxlislarga minnatdorlik bildirdi: “Hammaga shunchaki rahmat. Sizning mehringizni so'z bilan ifodalash qiyin. Men butunlay ketmayman. Riverdan hech kim abadiy ketmaydi. Bu sehrli joy: ketganingda ham baribir klub bilan qolasan”, dedi u.

Eslatib o'tamiz, Marselo Galyardo 1990-yillarda “River Pleyt” safida, shuningdek, Argentina terma jamoasida ham to'p surgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Galyardo ko'z yosh bilan xayrlashdi Riverdan hech kim ketmaydi