Al-Hilolda Indzagi iste'fosi haqida gaplar ko'paymoqda

Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Hilol» hali biror marta yutqazmagan, biroq so'nggi duranglar seriyasi jamoani turnir jadvalida uchinchi o'ringa tushirib yubordi. La Repubblica xabariga ko'ra, shu fon’da bosh murabbiy Simone Indzagini iste'foga chiqarish ehtimoli haqida gap-so'zlar paydo bo'ldi. Manbada aytilishicha, muxlislarning bir qismi italiyalik mutaxassisga qarshi chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shunga qaramay, Indzagi vaziyatga sokin munosabatda: uning «Al-Hilol» bilan shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan va muddatidan oldin bekor qilinsa, katta miqdorda kompensatsiya to'lanishi ko'zda tutilgan.
Simone Indzagi maosh bo'yicha dunyodagi eng ko'p haq oladigan murabbiylar orasida ikkinchi o'rinda turadi — u faqat Diego Simeonedan ortda. Indzagining yillik maoshi 26 million yevroni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!