date

Ikardi agentlari Galatasaray bilan kelajakni muhokama qiladi

Ikardi agentlari Galatasaray bilan kelajakni muhokama qiladi

«Galatasaray»ning argentinalik hujumchisi Mauro Ikardi agentlari futbolchining klubdagi istiqboli bo‘yicha rahbariyat bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Insayder Nikolo Skiraning ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi vakillari va Istanbul klubi rahbariyati o‘rtasidagi muzokaralar aprel oyida bo‘lib o‘tadi.

Shu bilan birga, Ikardiga qiziqish bildirayotgan jamoalar ham bor: ular hujumchini erkin agent sifatida shartnoma asosida safiga qo‘shib olishga tayyor.

Ikardining «Galatasaray» bilan amaldagi bitimi 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. 33 yoshli futbolchining bozor qiymati 6 million yevroga baholanmoqda.

2025/2026 yilgi mavsumda argentinalik hujumchi 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ikardi agentlari Galatasaray bilan kelajakni muhokama qiladi