Bayer Mayntsga qarshi mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Bundesliganing 24-turida Leverkuzenning “Bayer” jamoasi “Maynts”ni qabul qildi. Uchrashuvda mezbonlar to‘p nazoratida ustunroq ko‘ringan bo‘lsa-da, o‘yin jihatidan raqibga nisbatan yaqqol afzallik yarata olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Bayer”ning ilk jiddiy vaziyati o‘yin boshlanganidan bir soat o‘tgach yuzaga keldi: Patrik Shik zarbasi darvozabonning reaksiyasini sinovdan o‘tkazdi. Biroq tez orada “Maynts” qarshi hujumda o‘z so‘zini aytdi — Paul Nebel uzatmasini Sheraldo Beker havodan yo‘llab, hisobni ochdi (0:1).
Mezbonlar mag‘lubiyatdan faqat yakunda qutuldi: 88-daqiqada Kristian Kofane uzatmasini Jarrell Kuansa yakunlab, durangni ta’minladi — 1:1.
Bu natijadan so‘ng “Bayer” turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda, “Maynts” esa pastki qismda — oxiridan beshinchi pog‘onada qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!