Gvardiola Chempionlar ligasidagi raqobat nihoyatda og'ir dedi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasida raqobat darajasi va har bir bosqichning murakkabligi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
"Shaharliklar" 1/8 finalda yana bir bor Madridning "Real" jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.
"Chempionlar ligasi juda qiyin musobaqa. Istalgan jamoani ayting — har birining o'z kuchli tomoni bor. Agar bu turnirda uzoqqa borishni istasang, eng kuchlilarni yutishing kerak. Aks holda, bunga shunchaki loyiq bo'lmaysan", — dedi ispaniyalik mutaxassis matbuot anjumanida.
O'tgan mavsum Yevropaning eng nufuzli musobaqasida "Manchester Siti" aynan "Real"ga yutqazib, pley-offning o'tish bosqichidayoq musobaqani tark etgandi. Joriy kampaniyada esa jamoalar umumiy bosqichda to'qnash kelib, bu safar ingliz grandi 2:1 hisobida ustun kelgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!