Slutskij boshqaruvidagi Shanxay Shenxua Buriramga yutqazdi

"Shanxay Shenxua" Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan keyin pley-offga chiqish imkoniyatini boy bergandi. 8-turda "Buriram Yunayted"ga qarshi bahs Leonid Slutskij jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so'nggi urinish bo'ldi, ammo bu safar ham natija chiqmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tailand klubi 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvning dastlabki bo'limidayoq "Buriram Yunayted" ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Sufanat Mueanta gol muallifiga aylandi. Tez orada "Shanxay Shenxua" bir futbolchisi maydondan chetlatilib, kamchilikda qolganidan keyin o'yindagi intriga deyarli yo'qoldi.
Qayd etilishicha, Leonid Slutskijning "Shanxay Shenxua" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!