date

Ronaldu penalti ura olmadi, ammo g'alabadan keyin post yozdi

Ronaldu penalti ura olmadi, ammo g'alabadan keyin post yozdi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Fayha» ustidan 3:1 hisobidagi g'alabadan so'ng ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

41 yoshli portugaliyalik futbolchi uchrashuv boshida hisobni ochish imkoniga ega edi, biroq penaltidan foydalana olmadi. Ronaldu o'yin davomida gol ura olmadi va 81-daqiqada maydonni tark etdi.

O'yindan keyin u: «Birga o'sishda davom etamiz! Muhim g'alaba!» — deb yozdi.

24 turdan keyin «Al-Nasr» 61 ochko bilan Saudiya ligasi turnir jadvalida peshqadam. Ikkinchi o'rinda «Al-Ahli» (59), kuchli uchlikni esa «Al-Hilol» (58) yakunlab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu penalti ura olmadi, ammo g'alabadan keyin post yozdi