Ikardi agentlari Galatasaray bilan kelajakni muhokama qiladi

Galatasaray hujumchisi Mauro Ikardining agentlari futbolchining klubdagi istiqboli bo‘yicha rahbariyat bilan muzokara o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Insayder Nikolo Skira xabariga ko‘ra, uchrashuv Istanbul klubi rahbariyati bilan aprel oyida bo‘lib o‘tadi.
Shu bilan birga, hujumchiga qiziqish bildirayotgan jamoalar ham bor: ular Ikardini erkin agent sifatida shartnoma asosida safiga qo‘shib olishga tayyor.
Ikardining Galatasaray bilan amaldagi kelishuvi 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. 33 yoshli futbolchining bozor qiymati 6 million yevroga baholanmoqda.
2025/2026 yilgi mavsumda argentinalik 36 uchrashuvda maydonga tushib, 15 gol urdi va 2 ta golga assist qayd etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing