date

Futbolda vaqt choʻzishga qarshi yangi tartiblar joriy etiladi

Futbolda vaqt choʻzishga qarshi yangi tartiblar joriy etiladi

2026/2027 yilgi mavsumdan boshlab futbol qoidalariga vaqt choʻzishni kamaytirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritiladi. BBC xabariga koʻra, ataylab choʻzish holatlari aniqlansa, toʻp raqib jamoaga beriladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agar vaqt choʻzish darvozabonning darvoza zarbasini bajarish jarayonida qayd etilsa, qarshi tomonga burchak toʻpi tepish huquqi taqdim etiladi.

Yana bir muhim yangilik: almashtirish paytida maydondan chiqayotgan futbolchiga 10 soniya beriladi. U belgilangan vaqtda chiqib ketmasa, yangi futbolchi oʻyinga 60 soniyaga kechroq qoʻshiladi — natijada jamoa bir daqiqa davomida bir kishi kam boʻlib oʻynaydi.

Avvalroq futbolda yaqin vaqt ichida “Vinisius qoidasi” ham joriy etilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Futbolda vaqt choʻzishga qarshi yangi tartiblar joriy etiladi