date

Galatasaray va Fenerbahche futbolchilari stavkalar uchun qamalishi mumkin

Galatasaray va Fenerbahche futbolchilari stavkalar uchun qamalishi mumkin

Turkiyada «Galatasaray» va «Fenerbahche» vakillari bo‘lgan ikki futbolchi qimor stavkalari bilan bog‘liq holat sabab jiddiy jazoga tortilishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Gap «Galatasaray» futbolchisi Metehan Baltadji hamda «Fenerbahche» sardori Mert Hakan Yandash haqida ketmoqda. Mahalliy manbalarga ko‘ra, Baltadjiga 13 yilgacha, Yandashga esa 17 yilgacha qamoq jazosi tahdid qilmoqda.

Sabah nashri xabariga ko‘ra, Baltadji kamida ikki marta «Galatasaray» ishtirokidagi uchrashuvlarga pul tikkan. U o‘sha o‘yinlarda asosiy tarkibda bo‘lmagan, biroq jamoa qaydnomasiga kiritilgani aytiladi. Shu bois futbolchi natijaga bilvosita ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgani ta’kidlanmoqda.

Amaldagi Turkiya qonunchiligiga ko‘ra, professional sportchi stavka tikishda o‘z maqomini oldindan ma’lum qilishi shart. Xabarda Baltadji bu talabni bajarmagani qayd etilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Galatasaray va Fenerbahche futbolchilari stavkalar uchun qamalishi mumkin