Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar ligasida maglub bo'ldi

Osiyo Chempionlar ligasida Leonid Slutskiy boshqaruvidagi «Shanxay Shenxua» yetti turdan so'ng pley-offga chiqish imkoniyatini boy berdi. Sakkizinchi turda «Buriram Yunayted»ga qarshi bahs jamoa uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so'nggi urinish edi, biroq bu safar ham natija chiqmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv 2:0 hisobida Tailand klubi foydasiga yakunlandi. «Buriram Yunayted» birinchi bo'limning boshidayoq ketma-ket ikkita gol urib, o'yin taqdirini amalda hal qildi. Oradan ko'p o'tmay «Shanxay Shenxua» bir futbolchisi chetlatilib, son jihatdan kamchilikda qoldi va intriga deyarli so'ndi.
Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing