Kovach Bavariyaga 2:3 mag'lubiyatdan keyin fikr bildirdi

Germaniya Bundesligasining 24-tur markaziy bahsida Dortmundning “Borussiya” jamoasi Myunxenning “Bavariya” klubiga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdan so‘ng “ariqlar” bosh murabbiyi Niko Kovach natija yuzasidan munosabatini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning aytishicha, Chempionlar ligasidan chiqib ketganidan keyin jamoa bu safar ancha yaxshi o‘yin ko‘rsatgan. Kovach futbolchilar xarakter namoyish etganini ta’kidlab, omad biroz yon bosganida durang ham qayd etilishi mumkinligini qo‘shimcha qildi. Biroq yakunda raqib futbolchilarining mahorati uchrashuv taqdirini hal qilganini qayd etdi.
Ushbu g‘alabadan keyin “Bavariya” turnir jadvalida “Borussiya”dan oldingi ustunligini 11 ochkogacha oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing