PSJ himoyachisi Zabarniy Gavr ustidan g'alabani izohladi

Fransiyaning PSJ klubi markaziy himoyachisi Ilya Zabarniy Liga 1ning 24-turida safarda «Gavr» ustidan qo'lga kiritilgan 1:0 hisobidagi g'alabadan keyin fikr bildirdi. Parijliklarga uch ochkoni Barkolaning yagona goli taqdim etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Oson o'yin bo'lmasligini bilardik: bu stadionda doim qiyin kechadi. Eng muhimi, PSJ uch ochkoni oldi, bu biz uchun juda muhim. Hozir jamoa har bir uchrashuvga maksimal e'tibor qaratmoqda, barcha o'yinlar ahamiyatli», — deya Zabarniyning so'zlarini Footmercato keltirdi.
Luis Enrike qo'l ostidagi PSJ 57 ochko jamg'arib, Fransiya chempionati turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi. Parij klubi ikkinchi o'rindagi «Lans»ni bir ochko farq bilan ortda qoldirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing