Ronalduning jarohati haqida yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi

"Al-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu shanba kuni "Al-Feyha"ga qarshi o'yinda jarohati sabab maydonni erta tark etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv 3:1 hisobida yakunlandi. 41 yoshli forvard bu safar gol ura olmadi, 11-daqiqada esa penaltidan unumli foydalana olmadi. O'yin oxirlarida murabbiylar shtabi yulduz futbolchini almashtirishga majbur bo'ldi.
Al Nassr Zone nashri saudiyalik OAVga tayanib xabar berishicha, Ronaldu son orqa mushagi (podkolennoye pay) qismidan shikast olgan. Agar bu oddiy cho'zilish bo'lsa, tiklanish 3-5 kun davom etishi mumkin. Mushakda uzilish aniqlansa, futbolchi ikki hafta yoki undan ko'proq muddatga safdan chiqishi ehtimoli bor.
Joriy Saudiya Arabistoni chempionati mavsumida Ronaldu 22 uchrashuvda 21 ta gol muallifi bo'lib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!