OFK Osiyo Chempionlar Ligasi o'yinlarini BAA va Qatarda kechiktirdi

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Abu-Dabi, Dubay va Dohada o‘tkazilishi kerak bo‘lgan mintaqaviy Osiyo Chempionlar Ligasi uchrashuvlari boshqa muddatga qoldirilganini ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qarorga Eron, AQSh va Isroil o‘rtasidagi harbiy taranglik sabab bo‘ldi. Xususan, Eron tomonidan uchirilayotgan snaryadlar ayrim qo‘shni hududlarga ham yetib borayotgani, u yerda AQSh harbiy bazalari joylashgani xavotirlarni kuchaytirdi.
OFK bayonotida tashkilot vaziyatni yaqindan kuzatishda davom etishi, futbolchilar, jamoalar, rasmiylar hamda muxlislar xavfsizligini ta’minlash masalasida qat’iy pozitsiyada qolishi ta’kidlandi.
O‘yinlar 2 va 3 mart kunlari o‘tkazilishi kerak edi. Hozircha uchrashuvlarning yangi sanasi yoki o‘tkaziladigan joyi bo‘yicha aniq ma’lumot berilmadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!