Galatasaroy va Fenerbahche futbolchilari stavka mojarosi sabab qamalishi mumkin

Galatasaroy va Fenerbahche safida to‘p surayotgan ikki futbolchi tikishlar bilan bog‘liq ish bo‘yicha qamoq jazosi xavfi ostida qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Gap Galatasaroy vakili Metehan Baltadji hamda Fenerbahche sardori Mert Hakan Yandash haqida ketmoqda. Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Baltadjiga 13 yilgacha, Yandashga esa 17 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tahdid solmoqda.
Sabah nashri yozishicha, Baltadji kamida ikki marta Galatasaroy o‘yinlariga pul tikkan. U o‘sha bahslarda asosiy tarkibda bo‘lmagan, biroq jamoa qaydnomasiga kiritilgani sababli uchrashuv jarayoniga ma’lum darajada ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega ekani qayd etilmoqda.
Amaldagi Turkiya qonunchiligiga ko‘ra, futbolchi bukmekerlarga o‘zining professional sportchi ekanini ma’lum qilishi shart bo‘lgan, ammo u buni bajarmagani aytilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!