Bavariya rahbari Chempionlar ligasi qurasi haqida gapirdi

"Bavariya" bosh direktori Yan-Kristian Drizen Chempionlar ligasi pley-offidagi qura natijasiga munosabat bildirdi. Myunxen klubi murakkab yo'lakka tushdi: agar "Atalanta"dan o'tsa, keyingi bosqichda "Real" – "Manchester Siti" juftligi g'olibiga ro'baro' keladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Drizenning ta'kidlashicha, turnir setkasining o'ng tomoni nisbatan yengilroq ko'rinadi, shu bois "Bavariya"ning chap yo'lakka tushganidan xursand ekanini aytish qiyin. Shunga qaramay, u kuchli raqiblarga qarshi o'ynash va og'ir uchrashuvlar o'tkazish ham jamoa uchun yomon emasligini qayd etdi.
Rahbar hozircha barcha e'tibor "Atalanta"ga qaratilishini urg'uladi. Uning so'zlariga ko'ra, bergamoliklar "Borussiya"ga qarshi o'yinlardan keyin bu raqibga jiddiy yondashish kerakligi yana bir bor ko'ringan. Drizen "Atalanta" Yevropa ligasida ham g'olib chiqqanini, finalda "Bayer"ni mag'lub etganini eslatib, bu jamoani "no-name" deb bo'lmasligini aytdi.
Juftlikning ilk uchrashuvida "Atalanta" 10 mart kuni "Bayer"ni qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!