date

Ronaldu kelajagini hal qildi va Al-Nasrda qoladi

Ronaldu kelajagini hal qildi va Al-Nasrda qoladi

Krishtianu Ronaldu yaqinda «Al-Nasr»ning bir nechta uchrashuvlarida maydonga tushmay, klub boshqaruvidagi ayrim qarorlardan noroziligini namoyish qilgandi. Shu fon’da portugaliyalik yulduz yozda Saudiya Arabistonini tark etishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar ham kuchaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

365Scores xabariga ko‘ra, Ronaldu baribir «Al-Nasr»da shartnomasi yakuniga qadar qolishga qaror qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u 2027 yil o‘rtalarigacha klubda bo‘lishi, buning evaziga esa Saudiya investitsiya jamg‘armasi vakillaridan top darajadagi futbolchilarni olib kelish bo‘yicha kafolat olgan.

Hozir «Al-Nasr» Saudiya Pro-ligasi turnir jadvalida peshqadam. Ikkinchi o‘rindagi «Al-Ahli» undan ikki ochko, uchinchi «Al-Hilol» esa uch ochko ortda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu kelajagini hal qildi va Al-Nasrda qoladi