Slutskiy boshqaruvidagi Shanghai Shenhua turnirni mag'lubiyat bilan yakunladi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan keyin «Shanghai Shenhua» pley-offga chiqish imkoniyatini boy berdi. 8-turda «Buriram United»ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun faqatgina musobaqa bilan xayrlashishdan oldin so'nggi urinish edi, biroq buni uddalay olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tailand klubi «Buriram United» 2:0 hisobida zafar quchdi. Ular ilk bo'limning boshidayoq ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi: 11-daqiqada Gud Ko'rtis, 22-daqiqada esa Sufanat Mueanta gol muallifiga aylandi. Uchrashuv davomida «Shanghai Shenhua»ning bir futbolchisi maydondan chetlatilib, jamoa kam sonli bo'lib qolgach, o'yindagi intriga deyarli so'ndi.
Qayd etilishicha, Leonid Slutskiyning «Shanghai Shenhua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!