date

AFC Osiyo Chempionlar Ligasi o'yinlarini boshqa sanaga ko'chirdi

AFC Osiyo Chempionlar Ligasi o'yinlarini boshqa sanaga ko'chirdi

Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC) Abu-Dabi, Dubay va Dohada o‘tkazilishi kerak bo‘lgan mintaqaviy Osiyo Chempionlar Ligasi uchrashuvlari qoldirilganini ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qarorga Eron, AQSH va Isroil o‘rtasidagi harbiy keskinlik sabab bo‘ldi. Xabarlarga ko‘ra, Eron tomonidan uchirilayotgan snaryadlar ayrim qo‘shni davlatlar hududiga ham yetib bormoqda, bu mamlakatlarda esa AQSH harbiy bazalari joylashgan.

AFC bayonotida konfederatsiya vaziyatni yaqindan kuzatishda davom etishi va futbolchilar, jamoalar, rasmiylar hamda muxlislar xavfsizligini ta’minlash masalasida qat’iy pozitsiyada ekani ta’kidlandi.

Uchrashuvlar 2 va 3 mart kunlari o‘tkazilishi belgilangan edi. Hozircha yangi sanalar yoki o‘yinlar bo‘lib o‘tadigan manzillar e’lon qilinmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » AFC Osiyo Chempionlar Ligasi o'yinlarini boshqa sanaga ko'chirdi